FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

XAVFSIZLIK QOIDALARI TUSHUNTIRILDI

Zomin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning Dashtobod shaharchasida joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda o‘quvchilarni yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda bolalar ishtirokida baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsad etib belgilandi. Tadbirda soha xodimlari yong‘in o‘chirish maxsus texnikalari va uskunalaridan foydalangan holda o‘quvchi va pedagog-ustozlarga sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish usullarini namoyish etishdi hamda yong‘in vaqtida o‘quvchilarni evakuatsiya qilish, maktab jihozlarini xavfsiz joyga olib chiqish tartib-qoidalaridan saboq berishdi.

Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, sohaga qiziquvchi o‘quvchilar “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubiga qabul qilindi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech