FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

SEYSMIK XAVFSIZLIK TA’MINLANADI

So‘nggi yillarda dunyoda sodir bo‘lgan falokatli zilzilalar natijasida 914 ming kishi qurbon bo‘lgan, jabrlanganlar soni 2,5 milliondan ortiqni, umumiy iqtisodiy zarar esa 360 milliard dollarni tashkil etgan.

Mamlakatimiz seysmik faol hududlar turkumiga kiradi. Shu sababli O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish, mas’ul davlat organlarining bu boradagi vakolatlarini belgilash hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish, ularning oqibatlarini bartaraf etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjud.

Shu maqsadda joriy yilning 13 sentabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida mazkur qonunning mazmun mohiyati va ahamiyati xususida seminar-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi mutaxassislari, viloyat FVB harbiy xizmatchilari, korxona, muassasa va tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda aytilganidek, qonunda belgilanayotgan normalarning hayotga tadbiq etilishi aholi xavfsizligini ta’minlash barobarida ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga olib keladi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash darajasi yangi bosqichga chiqadi. Sohaning uzviy rivojlanishi ta’minlanadi, seysmik mustahkam bino va inshootlar qurilishi sifati nazoratga olinadi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga seysmik xavfsizlikni ta’minlashda davlat organlari, korxona, muasasa va tashkilotlarning huquqlari va burchlari tushuntirildi, qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech