FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

Qisqa tutashuv yong'inga sabab bo'ldi

Bugun, 11-oktabr kuni soat ertalabki 07:05 larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zomin tumani "G'allakor"QFY Surxonobod qishlog'ida joylashgan yashash xonadonlaridan birida yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida ma'lumot kelib tushdi. Darhol yong'in joyiga qutqaruvchilar bo'linmasi yuborildi. Ko'rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong'in soat 08:02 da batamom o'chirildi. Qutqaruvchilar tomonidan xonadonning 40 kv.m. maydondagi qismi yong'indan saqlab qolindi.
Dastlabki surishtiruv natijalariga ko'ra, elektr simlarining qisqa tutashuvi yong'inga sabab bo'lgan. Jabrlanganlar yo'q. Yong'in natijasida 35 kv.m. maydonda uy jihozlari va tom-shift qismi yonib zararlangan. Ko'rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech