FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

QISQA TUTASHUV OQIBATIDA NEXIADA YONG‘IN CHIQDI.

Joriy yilning 7-yanvar kuni soat 19:15 larda Jizzax shahri Sh.Rashidov shox ko‘chasida 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro I.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli yengil avtomobilda yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Darhol voqea joyiga qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborildi.

Bo‘linmalar yong‘in joyiga soat 19:20 da yetib borishdi. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilib, katta moddiy zarar ko‘rilishining oldi olindi. Jabrlanganlar yo‘q.

Surishtiruv natijasida, yong‘in avtomobil motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida ro‘y berganligi aniqlandi. Moddiy zarar miqdori – taxminan 4 million so‘mni tashkil etmoqda.

So'nggi vaqtlarda transport vositalarida yong'inlar bilan bog'liq ko'ngilsiz hodisalar ko'payib borayotganligi sababli, transportdan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalarini bilan yana bir bor havola etamiz:

1. Transportda yong'inlar: xavfsizlik, profilaktika va to'g'ri harakat https://t.me/jizzaxfvb/2837
2. Gaz ballondan foydalanishda xavfsizlikni kafolatlovchi asosiy mezonlar https://jizzaxfvb.uz/uz/news/mutaxassis-minbari-avtomobil-xavfsizligi-uchun

 

So'rovnoma

Saytning yangi dizayni yoqdimi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech