FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

PROFILAKTIK TADBIRLAR AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA XIZMAT QILADI

Tahlillar yong‘in, is gazidan zaharlanish, chaqnash bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar aksariyat hollarda yurtdoshlarimizning beparvoligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi oqibatida yuzaga kelayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli Jizzax viloyati Favulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Zomin tumani Dashtobod shaharchasida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 300 ga yaqin xonadonning yong‘inga qarshi holati o‘rganib chiqildi. Shuningdek, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda o‘ndan ortiq korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsiziligi qoidalariga rioya etish yuzasidan seminar-uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, is gazidan zaharlanish, yong‘in va chaqnash holatlarining oldini olishga qaratilgan 1200 dona eslatma va bukletlar tarqatildi.

O‘tkazilgan tadbirlar jarayonida yong‘in kelib chiqish xavfi yuqori bo‘lgan bino va inshootlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi. Ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi turar joylarida yong‘in xavfsizligi talablarini bajarmagan, belgilangan talablarni qo‘pol ravishda buzgan mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Amalga oshirilgan profilaktik chora-tadbirlar o‘z samarasini ko‘rsatib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Zomin tumanida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori sezilarli  ravishda kamaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech