FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi hamda "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda mavzuga oid ilmiy, tarixiy ma'lumotlar haqida so'z yuritilib, davlat bayrog'ining qabul qilinish jarayoni yodga olindi. Qiziqarli va munozaralarga boy o'tgan tadbir qatnashchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech