FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

MUHOFAZA  INSHOOTLARI  MUSTAHKAMLANMOQDA

Har yili kuchli yog‘ingarchilik davrida aholi va hududlar, bino va inshootlarga sel xavfi tug‘iladi. Chunki, yog‘ingarchilik va tashqi ta’sirlar natijasida ariq va kanallar, sel yo‘llari o‘tkazuvchanligini yo‘qotib, yaroqsiz holatga kelib qolishi mumkin. Shu sababli, ariq va kanallarni tozalash, qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Aholi va hududlarni sel va ko‘chkidan himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqin, sel, qor ko‘chishlari va ko‘chki xodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida”gi PQ-585-sonli qarori muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Manzilli Dastur asosida Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Yangiobod va Zomin kabi tog‘li va tog‘oldi tumanlarida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, Zomin tumani Mo‘g‘ol qishlog‘i hamda Yangiobod tumani “Balandchaqir” ShFYdan o‘tuvchi sel yo‘llarida qariyb 2 km.ga yaqin masofada, G‘allaorol tumani “Ko‘kgumbaz” QFY Sangzor daryosida 400 metr, Zomin 200 metr masofada qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Forish tumani “Garasha” MFY, G‘allaorol tumani Jarg‘oq qishlog‘i, Baxmal tumani Chayish qishlog‘idan o‘tuvchi daryo va soylarda fuqarolar harakatlanishi uchun yengil konstruksiyali ko‘priklar bunyod etilmoqda. Bu kabi tadbirlar bir vaqtning o‘zida viloyatning 13 ta hududida amalga oshirilmoqda. Muhofaza tadbirlarida 267,7 ming m3 tuproq ishlari, 4,7 ming m3 tosh ishlari, 9 ming m3 dan ortiq beton ishlari va 186 tonna metall ishlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, bu orqali 2553 ta aholi xonadonlari, 19 ta ijtimoiy soha, 6 ta ma’muriy ob’ektlar, 4 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jalik ekin maydonlari sel va toshqindan ishonchli himoya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi toshqinga qarshi viloyat komissiyasining ishchi guruhi tomonidan nazoratga olingan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech