FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

MAVSUM BETALAFOT O‘TSIN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomidan viloyat hududida joylashgan mahalla va aholi turar joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarning oldini olish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, mahalliy hokimliklar, gaz ta’minoti va elektr tarmoqlari korxonasi va boshqa mas’ul tashkilotlarlarning 500 nafar mutuxassislaridan iborat 13 ta ishchi guruhning doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Mirzacho‘l tumanida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu kunga qadar 14 marotaba reydlar o‘tkazilib, 7 marotaba mahallalarda 12 ta ko‘p qavatli uylar, 1214 ta xonadonlarning yong‘inga qarshi holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida 226 ta kamchilik aniqlanib, shulardan 177 tasi shu joyning o‘zida bartaraf etilishiga, 78 ta nosoz dudbo‘ronning tuzatilishiga erishildi, 6 ta nosoz pechdan foydalanishga, 41 ta nostandart shlang bilan gaz tarmog‘iga ulanish holatlariga chek qo‘yildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mahallalarda 5 marotaba muhokamalar o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda buzib kelayotgan 12 nafar fuqaroga ma’muriy choralar ko‘rildi.

Yong‘inga qarshi profilaktik tadbirlar 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom ettirilib, o‘quvchi-yoshlar uchun maxsus texnika namoyishi tashkil etildi. Unda yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakalanish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda qutqaruvchilarning harakatlari amalda ko‘rsatib berildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatib, tuman hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga kamayishiga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech