FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

JIZZAX VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMASIDA NAVBATDAGI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT DARSI O‘TKAZILDI.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabr kunidagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini o‘rganish“ mavzusida o‘tkazilgan tadbirda boshqarma, uning shahar va tumanlardagi bo‘limlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Adham Tangriyev Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-ijtimoiy va huquqiy bilimini oshirish, ularni ijtimoiy himoyalash, xizmatini rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, dars mavzusi yuzasidan ma’ruzachining fikrlari tinglandi. Notiq o‘z so‘zida mamlakatimizda bugungi kunda hukm surayotgan osoyishtalikda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhiti mujassamligini, azaldan xalqimizda yoshi ulug‘lar maslahatini olish, ularni xonadon farishtasi deya e’zozlash qadriyati bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini aytib o‘tdi.

Tadbir davomida bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan podpolkovnik Farrux Matkarimovga hamkasblar tomonidan ezgu niyatlar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech