FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

JIZZAX SHAHRI VA BAXMALDA YONGʻIN SODIR BOʻLDI

Joriy yilning 3-yanvaridan 4-yanvariga oʻtar kechasi Jizzax viloyati FVB qutqaruvchilari tomonidan 2 ta yongʻin bartaraf etildi.
Jumladan, 3-yanvar kuni tungi soat 23:33 larda Jizzax shahar Madaniyat mahallasida joylashgan xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi. Darhol yongʻin joyiga Jizzax shahar FVBning 2 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yuborildi. Qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 23:38 da yetib borishdi va yongʻin soat 00:02 da batamom oʻchirildi. Yongʻin natijasida xonadonning 30 kvadrat metr maydonda tom-shift qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yoʻq. Dastlabki surishtiruv natijalariga koʻra, elektr simlarining qisqa tutashuvi yongʻinga sabab boʻlgan. Koʻrilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shuningdek, 4-yanvar kuni soat 00:30 larda Baxmal tumani “Fayzobod” MFYda joylashgan xonadonlarning biridan yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida “101” qisqa raqami orqali xabar kelib tushdi. Darhol voqea joyiga tuman FVBning qutqaruvchilar boʻlinmasi yuborildi. Tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 00:45 da batamom oʻchirildi va 42 kv.m. maydondagi moddiy boyliklar yongʻindan saqlab qolindi. Tan jarohati olganlar yoʻq.
Jizzax viloyati Faqvulodda vaziyatlar boshqarmasi yuqoridagi kabi koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, yurtdoshlarimizni yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi, isitish mavsumida gaz va elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik hamda qoʻlbola isitish pechlaridan foydalanmaslik yongʻin, chaqnash va is gazidan zaharlanish kabi koʻngilsizliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

So'rovnoma

Saytning yangi dizayni yoqdimi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech