FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

ELEKTR TOKIDAN CHIQQAN YONG‘INLAR

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan sutka davomida qisqa tutashuv natijasida ro‘y bergan 2 ta yong‘in bartaraf etildi.

Jumladan, joriy yilning 27-sentabr kuni soat 3:37 larda boshqarma tezkor boshqaruv markaziga Jizzax shahar “Jizzaxlik” MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushdi. Katta leytenant Ozod Boynazarov boshchiligidagi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘in joyiga yetib borishganida, binoning ichki va tom-shift qismi 80 m2 maydonda tutab yonayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 5:15 da to‘liq bartaraf etildi. Aniqlanishicha, elektr simlaridagi qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘lgan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, 27-sentabr kuni soat 11:23da G‘allaorol tumani “Ko‘kgumbaz” MFY Buloqboshi ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida ham yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Tuman FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi aytilgan manzilga yetib borishganida 300 dona presslangan somon yonayotganligi ma’lum bo‘ldi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa fursatda bartaraf etildi. Surishtiruv natijasida, mazkur yong‘inga ham elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori taxminan 3 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Har ikkala yong‘inda ham tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Tahlillarga ko‘ra, sodir bo‘layotgan yong‘inlarning har uchtadan bittasi elektr uskunalari sababli ro‘y bermoqda. Shu sababli, hamyurtlarimizdan yashash va ish joylarida elektrdan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech