FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

DOLZARB MAVZU

Korrupsiya dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, dolzarb masalalar qatoridan o‘rin egallagan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan harbiy prokuratura bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘tkazilgan seminarda ham shu haqda batafsil so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, hozirda ko‘plab davlatlarda terrorizm, ayirmachilik, separatizm, uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, korrupsiya avj olayotgani dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Ana shunday bir sharoitda mansabdor shaxslarning jinoyatchilar bilan til biriktirishi natijasida jamiyat siyosiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutishi mumkinligi korrupsiyaning ijtimoiy xavfi nechog‘li yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Tadbirda qatnashchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda bu borada joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

Seminar davomida harbiy xizmatchilarning kasb madaniyatiga rioya qilishi, ijro intizomini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoada korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech