FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

HAMKORLIKDAGI ISHLARIMIZ

Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha yurtimizda “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda. Oylik doirasida Jizzax viloyatidagi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar binolarini qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Olov – tilsiz yov. Kuz-qish mavsumida yongʻin xavfsizligini taʼminlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ob-havoning keskin sovishi natijasida issiqlikka boʻlgan talab ham oshadi, natijada, yongʻinlar roʻy berish ehtimoli oʻz-oʻzidan koʻpayadi. Uning oldini olish maqsadida joylardagi favqulodda vaziyatlar boʻlimlari xodimlari tomonidan keng koʻlamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimida tashkil etildi. Tadbir davomida shahar hududidagi taʼlim muassasalari oʻqituvchi va oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim muassasalari ishchi-xizmatchilari hamda qurilish obektlari ishchilariga yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish, yongʻin vaqtida toʻgʻri harakatlanish va yongʻin oʻchirish anjomlaridan toʻgʻri foydalanish tartiblari, qoʻlbola elektr va gaz isitish pechlaridan foydalanmaslik, elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmaslik, elektr tarmogʻiga bir vaqtning oʻzida koʻplab elektr uskunalarini ulash tarmoqda ortiqcha yuklanishga va yongʻinga sabab boʻlishi mumkinligi hamda is gazidan saqlanish boʻyicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, qoʻlbola va nostandart isitish pechi va gorelkalari savdosiga qarshi kurashish maqsadida bozor va savdo markazlarida tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Unda mazkur uskunalar fuqarolarning is gazidan zaharlanishiga sabab boʻlayotganligi aytilib, sertifikatga ega isitish vositalarining afzalligi tushuntirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech