FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

HARBIYLAR YONGʻIN XAVFSIZLIGI MASHGʻULOTLARIDA QATNASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlaridan birida yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha nazariy va amaliy koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Jizzax garnizoni yongʻin nazorati inspeksiyasi hamkorligida tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotida harbiy xizmatchilarga isitish mavsumida xavfsizlik talablari, is gazidan saqlanish, harbiy qism hududi va binolarida, yashash xonadonlarida yongʻinlarning oldini olish, yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilish boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, zamonaviy yongʻin-qutqaruv texnikasi va anjomlari namoyish etilib, katta va oʻziga xos yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar qilindi.
Oʻtkazilgan mashgʻulotda harbiy xizmatchilarga sodir boʻlayotgan yongʻinlarning aksariyat qismi elektr uskunalari va isitish vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilmasligi oqibatida roʻy berayotganligi haqida maʼlumot berilib, yongʻin vaqtida evakuatsiyani toʻgʻri tashkil etish, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalar mustahkamlandi.

Rustam ABDURASULOV

Jizzax garnizoni yong'in nazorati inspeksiyasi boshlig'i, kapitan

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech