FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yashil maydonlarni kengaytirish, shahar va qishloqlarda go‘zal bog‘lar yaratish imkonini beradi. Shu maqsadda Jizzax viloyatida ham keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarida harbiy xizmatchilar ham faol qatnashmoqda.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Zomin tumani hokimligi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmadi bilan hamkorlikda Peshog‘or qishlog‘ida o‘tkazilgan ezgu tadbirda, mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, 1500 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
Loyiha doirasida daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga 300 ga yaqin xodimlar o‘zining munosib hissasini qo‘shishmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech