FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

YTH oqibatida Nexiada yong‘in kelib chiqdi

Bugun, 5-yanvar kuni soat 13:52 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “101” qisqa raqami orqali M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻlining Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hududidan oʻtuvchi 942-kilometrida yengil avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushdi.

Darhol aytilgan joyga Do‘stlik tumani FVBdan qutqaruvchilar boʻlinmasi yuborildi. Shuningdek, yong‘in joyiga Sirdaryo viloyati Sardoba tumani FVB 8-sonli yong‘in-qutqaruv qismidan ham 1 ta bo‘linma yetib kelgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Aniqlanishicha, “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexianing shu yo‘nalishdagi yuk avtomobili bilan to‘qnashuvi oqibatida beton to‘siqqa borib urilgan va yong‘in kelib chiqqan.

 Koʻrilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

So'rovnoma

Saytning yangi dizayni yoqdimi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech