FVV ogohlantiradi:
28 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylarda yog'ingarchilik bo'lib o'tadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

TOSHQINLAR

Toshqinlar – daryo, ko’l yoki dengizda suv sathining ko’tarilishi natijasida yuz beruvchi yerlarning ko’p miqdorda suv bosishi. Ular aholi yashash punktlarining suv bosishiga, kishilarning yoki uy hayvonlarining halok bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Toshqin sabablari:
  • Qor va muzliklar erishi;

  • Ko’p miqdorda yog’in yog’ishi;

  • Daryolarda muz tiqilib qolishi;

  • Yirik ko’llardagi suvning shamol ta’sirida haydalishi;

  • Tabiiy va sun’iy suv havzalarining urib ketishi.

Suv toshqini xavfi tug’ilganda, quyidagi himoya choralarini ko’rish kerak:
  • Oziq-ovqat, ichimlik suvi zahirasini to’plash, hujjatlarni, almashtiriladigan kiyim va poyabzalni olish;

  • Mol-mulk bilan evakuatsiyaga tayyorlanish

  • Zarur bo’lgan hollarda avtokameralar, eshiklar, yog’och taxtalar, bochkalar, bidonlar, meshlar kabi doim kerak bo’ladigan narsalardan suzish vositasi o’rnida foydalan.

So'rovnoma

Saytning yangi dizayni yoqdimi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech