MES notifies:

O‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 24 oktabr kuni soat 1110 larda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik guruhiga Termiz shahar Bo‘ston mahallasi  34 uyda istiqomat qiluvchi fuqaro S.I.dan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra, fuqaro xonadonining eshigi ichkaridan qulflanib qolganligi va ikki nafar yosh bolalar yolg‘iz qolib ketganligi bois yordam so‘rab murojaat qiladi. Shundan so‘ng navbatchilikdagi harbiy xizmatchi leytenant A.Utebayev boshchiligidagi navbatchi guruhi, tezkorlik bilan voqea joyiga yetib boradi.

Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida uy eshigini ochib, 3 va 5 yoshdagi bolalarni ota onasiga sog‘-salomat topshirdilar.

O‘z vaqtida ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida yana bir ko‘ngilsiz voqeani oldini olishga erishildi. Ko‘rsatilgan yordam uchun ota onasi vazirlik rahbariyati va qutqaruvchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

  • Added: 13.11.2019
  • Print
  • Views: 1062

Poll

Do you like the new design of the site?

Click on the button below to listen to the text Powered by GSpeech